Sifatli ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili

28.09.2021, 16:22

Sifatli ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq shahar filialida professor-o‘qtuvchilara talabalar bilan uchrashdi.

Partiya nomzodining ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva tashviqot uchrashuvida yig‘ilganlarga “Sifatli ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili” bandi haqida ma’lumotlar berarkan, unda belgilangan islohotlar Yangi O’zbekistonning haqiqiy bunyodkorlarini kamolga yetkazishga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchi va talabalar so‘nggi besh yilda oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida kadrlar tayyorlashning samaradorligi oshganligini e’tirof etishdi.

Nomzodning saylovoldi dasturida uzluksiz ta’lim tizimi uchun milliy o‘quv dasturini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani ularning nomzodga ovoz berish bilan o‘z xohish-irodalarini namoyon etishga undaganini bildirishdi.

Shuningdek, uchrashuv mobaynida saylovchilarning taklif va murojaatlari ham tinglanib, ular borasida atroflicha to‘xtalinib, tegishli tartibda hal etishga yo‘naltirish maqsadida yozib olindi.

 So‘z olganlar tomonidan bildirilgan minnatdorchilik va iliq fikrlardan so‘ng, ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva saylovchilarni Yangi O’zbekistonda sifatli ta’lim, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib olgan munosib nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirib qoldi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi matbuot kotibi

Teglar
  • Ko'rildi
    283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+