Nomzodning saylovoldi dasturida ayollarga alohida e’tibor qaratilgani quvonarli holdir

29.09.2021, 10:24

Nomzodning saylovoldi dasturida ayollarga alohida e’tibor qaratilgani quvonarli holdir

Ishonchli vakilning navbatdagi uchrashuvi Buxoro tumani  "Sheyxoncha"  MFY hududidagi tantanalar zalida boshlandi. Uchrashuvning asosiy ishtirokchilari esa tuman Sog‘liqni saqlash xodimlaridir.

Nomzodning saylovoldi dasturida ayniqsa, xotin-qizlar salomatligiga ham alohida band ajratilganligi uchrashuvda ishtirok etayotgan ayollarga quvonch bag‘ishladi. Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining takomillashtirilishi, birinchi bosqichda 46 ta tumanlararo perinatal markazlarining barpo etilishi yurtimizda ayolning naqadar qadrlanishidan darakdir. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni sog‘lomlashtirish uchun Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi va uning filiallarining tashkil etilishi har bir yoshning e’tiborda ekanligini ifodalaydi.

Dastur yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish uchun so‘zga chiqqan tumandagi “Zarrum” fermer xo‘jaligi rahbari Sulaymonov Oston Ne’matovich, har bir sohadagi o‘zgarishlar natijasini bugun xalqning yuz-ko‘zida ko‘rayotgani, ishlash, o‘qish uchun berilgan imkoniyatlar albatta kelajakda o‘z samarasini berishini ta’kidlab, saylovda Shavkat Mirziyoyev nomzodiga ovoz berishini bildirdi.

Tumandagi 4-son oilaviy poliklenika vrachi Sayyora Bozorova  so‘zga chiqib, dasturdan o‘rin olgan aholi o‘rtasida keng tarqalgan yurak-qon tomir endokrin, buyrak yetishmovchiligi va onkologik kasalliklarni kamaytirish maqsadida, alohida dasturlar rejasining qabul qilinishii juda o‘rinli taklif ekanligini ta’kidlab, ushbu kasalliklarning birlamchi bosqichida aniqlash imkonini yaratishini bildirdi. Har bir bandning aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani esa, nomzodning tibibyot sohasida ham mukammal bilim va tushunchaga ega ekanligidan darak berishini mamnuniyat bilan aytib o‘tdi.

So‘zga chiqqan  43-umumiy o‘rta  maktabi direktori, tuman Kengashi deputati Atoyeva Gulnora Hasanovna bugungi  o‘zgarishlardan behad mamnun ekanligi,faoliyat uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ilmiy ish qilishi, izlanishi uchun berilgan imkoniyatlar zamirida katta mehnat borligiga ahamiyat berishni so‘radi. Bugun hattoki yosh pedagoglarning ham dotsent, doktorant, professor darajasiga yetayotganligi albbata, mana shu mehnatning mahsuli ekanligini ta’kidlab, ishonchni oqlash, e’tiborga munosib bo‘lish uchun yanada ko‘proq ish olib borishini bildirib, barchani saylovda munosib nomzod – Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chorladi.

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kenagshi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    358
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+