Tadbirkorlik rivoji uchun ovoz beramiz!

29.09.2021, 16:56

Tadbirkorlik rivoji uchun ovoz beramiz!

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Olmaliq shahriga tashrifi mobaynida “ELEGANT GARMENT TEXTILE” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ham bo‘ldi.

Bu yerda partiya nomzodining ishonchli vakili Ra’no Turdiboyevani jamiyat rahbari Nargiza Bekmuratova qarshilab, korxona faoliyati bilan tanishtirdi.

O’zaro suhbat chog‘ida Nargiza Bekmuratova so‘nggi besh yilda yurtimizda tadbirkorlik va investitsiya salohiyatini yanada yuksaltirish borasida olib borilgan oqilona siyosatdan ruhlanib, korxona ham keng qamrovli ishlarni yo‘lga qo‘yganini aytdi.

Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan jamiyatda bugungi kunda 400 dan ortiq ishchi-xodimlar ish bilan ta’minlangani haqida ma’lumot berdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva o‘zaro muloqot asnosida nomzodning saylovoldi dasturining “Faol tadbirkorlik va manzilli moliyaviy ko‘mak – kambag‘allikni qisqartirishning muhim omili” nomli bandi borasida so‘z yuritdi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qilinishini bildirdi.

Xotin-qizlarni o‘qitish, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatish va ularning ishlashi uchun sharoit yaratish orqali ayollar orasidagi ishsizlik darajasi 2 marta kamaytirilishi ko‘zlanayotganini e’tirof etdi.

Sammimiy ruhda kechgan uchrashuv so‘nggida partiya nomzodining viloyatdagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyevani saylovchilarni mamlakatda tadbirkorlik va ayollar mavqeini oshirish tarafdori bo‘lgan Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chorladi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
  • Ko'rildi
    306
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+