Saylovchilarning e’tirofi ishonchli vakilga kuch bag‘ishladi

29.09.2021, 16:57

Saylovchilarning e’tirofi ishonchli vakilga kuch bag‘ishladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyati bo‘yicha ishonchli vakili O’ktamjon Axunovni baliqchiliklar alohida mamnuniyat bilan kutib oldilar. Tuman hokimligi binosida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda ishonchli vakilga partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Odinaxon Otaxonova, Tohirjon Ahmadaliyevlar hamrohlik qildilar.

Nomzodning tarjimai holi va siyosiy faoliyati, saylovoldi dasturi, keyingi besh yilda mamlakatimizda amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot berilgach, nomzodning besh yillik faoliyati davomida viloyatda amalga oshirilgan izchil islohotlar va tub o‘zgarishlar aks etgan videorolik namoyish etildi.

-Saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalar Yangi O’zbekistonni barpo etishdagi murakkab va ayni paytda sharafli, xayrli yo‘lning boshlanishidir, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tohirjon Ahmadaliyev. - Buning barchasining tub zamirida eng avvalo inson qadri, xalq manfaatlari turganini anglash qiyin emas. Vatanimizni yanada ravnaq toptirishga, xalqimiz salohiyatini to‘laroq ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan maqsadlar, vazifalarni ilgari surayotgan nomzodimizning so‘nggi besh yillikdagi islohotlaridan rozilikka uchrashuvlardagi muloqotlarda guvoh bo‘layotganimiz yutug‘imizdir.

Baliqchilik saylovchilarning fikrlari ham uchrashuvga ko‘tarinkilik baxsh etdi. Ayniqsa, nuroniy otaxon N.Umarovning “O’zLiDeP nomzodiga eng ko‘p ovozni baliqchiliklar beramiz!” deya faxr bilan aytganlari yig‘ilganlarning gulduros qarsaklariga sabab bo‘ldi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    529
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+