Ishonchli vakil qumqo‘rg‘onlik saylovchilar bilan muloqot qildi

29.09.2021, 17:14

Ishonchli vakil qumqo‘rg‘onlik saylovchilar bilan muloqot qildi

Nomzodning Surxondaryo viloyatidagi ishonchli vakili Qumqo‘rg‘on tumanida saylovchilar bilan muloqot qildi. "Yangishahar" mahallasida tashkil etilgan uchrashuvda o‘tgan davr mobaynida hududda yuz bergan o‘zgarishlar haqida gapirildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP Fraksiyasi a’zosi Faxriddin Samatov ham ishtirok etdi.

Shundan so‘ng, ishonchli vakil respublikada birinchilardan bo‘lib  paxta yetishtirish bo‘yicha shartnomaviy rejani bajargan qumqo‘rg‘onlik fermerlar bilan ham suhbatlashdi. Ularning fikrlarini, dildagi gaplarini eshitdi.

- Ilgari fermerlar ketmon ko‘tarib yurardik. Bugun sohaga kiritilgan o‘zgarish va yangiliklar natijasida hamma ishni texnika bajarayapti. Bugun fermerning zamonaviy traktori ham, boshqa texnikalari ham, kerak bo‘lsa, cho‘ntagida puli ham bor. Bu esa fermerlarga yaratilgan sharoit tufaylidir. Qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda mahsulot yetishtiryapmiz. Hosildorlik ham shunga yarasha mo‘l bo‘layotgani bu fermerning boy bo‘lganidir.

Mana, kuni kecha qumqo‘rg‘onlik paxtakorlar mamlakatimizda birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejani bajardi.  "Termiz-Jayhun" klasteri hamda 133 ta fermer xo‘jaligi tomonidan mo‘l hosil yetishtirilib, 27 ming 470 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi, uning aksariyat qismi yuqori navlarga sotildi.

Mana shu natijaning o‘zi so‘zimni isbotlaydi. Bizga shunday sharoit va imkoniyat yaratilishida bosh-qosh bo‘lgan inson - O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Sh.Mirziyoyevga ovoz beramiz, - deydi "Ilhombek Raxmonov" fermer xo‘jaligi raisi Chaman Raxmonov.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    507
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+