Yangi iqtisodiyotni barpo etishga ovoz beramiz!

29.09.2021, 17:15

Yangi iqtisodiyotni barpo etishga ovoz beramiz!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Olmaliq kon metallurgiya zavodini ehtiyot qismlar bilan ta’minlab beradigan Markaziy-ta’mirlash mexanik zavodidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Bu yerda ishchonli vakil Ra’no Turdiboyevani zavod direktori Sergey Larionov samimiy qarshilab, zavod bo‘ylab ekskursiya o‘tkazarkan, bugungi kunda 2200 ishchi-xodim mehnat qiladigan zavodning faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Partiya nomzodining viloyatdagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva bu yerdagi uchrashuvda saylovchilarga  Shavkat Mirziyoyevning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini keng targ‘g‘ib qildi.

Saylovoldi dasturining “Ilm va innovatsiyalarga asoslangan yangi iqtisodiyotni barpo etish” bandida kelgusi besh yilda Olmaliq kon-metallurgiya korxonasida qator yirik loyihalar amalga oshirilishi belgilangani haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, Ilm-fanni rivojlantirish asosida sanoat tarmoqlariga eng zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi soha rivojini ko‘zlab rejalashtirilganini qayd etdi.

Ularga mamlakat sanoatini taraqqiy ettirish orqali xalqning to‘kin hayotini qurishni maqsad qilgan Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlab, ovoz berishga chaqirdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot kotibi

 

Teglar
  • Ko'rildi
    350
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+