Namangan shahri yanada obod bo‘ladi

29.09.2021, 17:20

Namangan shahri yanada obod bo‘ladi

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyati bo‘yicha ishonchli vakili  Ikromxon Najmiddinov Namangan shahri saylovchilari bilan uchrashdi. U ishtirokchilarni nomzodning tarjimai holi va saylovoldi Dasturi bilan tanishtirdi.

Xususan, nomzodning Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarga e’tiborni qaratdi. Nomzod dasturidan o‘rin olgan Davlatobod tumanini sportchilar shaharchasiga aylantirish, "Navbahor" futbol klubi negizida futbol akademiyasini, Namangan muxandislik texnologiyasi instituti negizida Namangan to‘qimachilik sanoati institutini tashkil etish, "Yuksalish" sanoat zonasi hududida yo‘ldosh shaharcha bunyod etilishi haqidagi yangiliklarni saylovchilar gulduros qarsaklar bilan kutib olishdi.

Muzokarada so‘z olgan mehnat faxriylari Xorunxon Ayubxonov, Akmal Ikramov, xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, "Yangi zamin" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Gavxarxon Turg‘unova, NamDU talabasi, kurash bo‘yicha uch marta MDX davlatlari chempioni Mohigul Ibragimova, Namangan shahar "Nuroniy" kengashi raisi Anvar Nasriddinov va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturida inson huquq va manfaatlariga xizmat qiladigan ustuvor vazifalar belgilanganini ta’kidladilar. Joriy yil 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    326
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+