Ishonchli vakil piskentlik saylovchilar bilan uchrashdi

29.09.2021, 17:21

Ishonchli vakil piskentlik saylovchilar bilan uchrashdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDeP dan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent vilotidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Pskent tumanida tashviqot ishlarini davom ettirdi.

Uchrashuv Pskent tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturini bandma-band izohlab, tushuntirishlar berib o‘tdi.

Saylovoldi dasturining mazmun-mohiyati “Yangi O’zbekiston strategiyasi” nomli kitobida to‘laqonli ochib berilganini qayd etdi.

Shuningdek, nomzodning saylovoldi dasturi ishonchli vakil tomonidan joylarda saylovchilar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlarda tushgan takliflar, fikr-mulohazalar bilan yanada boyitilishini aytib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlaridan mamnunliklarini bildirib, bularning tag zamirida  o‘z xalqining jonkuyar farzandi Shavkat Mirziyoyevning mashaqqatli mehnatlari yotganini aytib, uning nomzodini yoqlab ovoz berishga chaqirishdi. 

Toshkent viloyatidagi ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva o‘zbek xalqiga fidoyi, sadoqatli, jonkuyar farzand bo‘lgan Shavka Mirziyoyevga voz berishga chaqirdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    280
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+