Shirin shahridagi samimiy uchrashuv

29.09.2021, 17:24

Shirin shahridagi samimiy uchrashuv

Shirin shahri markazidagi Musiqa va san’at maktabida  O’zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning ishonchli vakili P.Axmedjanova bilan saylovoldi dasturi targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda  partiyaning viloyat Kengashi apparat rahbari Sh. Bozorboyeva, Shirin shahridagi partiya faollari, deputatlar va yoshlar ishtirok etdi.

Ishonchli vakil respublikamizda xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor berib kelinayotganligi, bugungi kunda ularning jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng ishtirok etishini ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. O’zbekistonda  siyosatning bosh yo‘nalishlaridan biri-xotin-qizlar ahvolini yaxshilash, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni ruyobga chiqarishda ularning faolligini yuksaltirish, davlat va jamiyat qurilishidagi o‘rni va rolini yanada oshirish, ayollarning huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilishdan iboratligi xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Viloyat kengashi deputati Bahrom Sobirov yurtimizda, xususan viloyatimizda ham  ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha nomzodning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan yo‘nalishlarga alohida to‘xtaldi va saylovchilarni siyosiy muhim kunda yurt ertasini belgilashga daxldor munosib nomzodga ovoz berishga chaqirdi.

Tadbir g‘oyat ko‘tarinki ruhda o‘tdi va har bir ishtirokchi o‘ziga xos tanlovga ega bo‘ldi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    271
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+