Faol tadbirkorlik – farovonlik omili

30.09.2021, 16:00

Faol tadbirkorlik – farovonlik omili

Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Pskent tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida faollar, tadbirkorlar va mahalliy aholi vakillaridan iborat saylovchilar bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva yig‘ilganlarga Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” nomli saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini targ‘ib qildi.

Partiya nomzodining ishonchli vakili so‘nggi besh yilda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimi tubdan takomillashtirilgani haqida so‘z yuritdi.

Nomzodning saylovoldi dasturida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot doirasida shakllantirilgan 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 60 ga yaqin yangi tashabbus va takliflarni nazarda tutuvchi dastur amalga oshirilishi ko‘zlanganini ma’lum qildi.

Mazkur dastur joylardagi uchrashuvlarda aholi vakillari bilan bo‘lgan muloqotlarda kelib tushadigan fikr, muammo va takliflar hisobiga yanada boyitilishini bildirdi. O’zlarini qiynayotgan muammolar, yoki soha rivojiga oid takliflari bo‘lsa, bildirishlarini so‘radi.

Uchrashuvda so‘z olgan Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Bosh vazir qabulxonasi mudiri Matluba Mirsoatova so‘nggi besh yilda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar soha rivojida katta ahamiyat kasb etganini ta’kidladi. 

So‘z olganlar mamlakatimizda so‘nggi besh yilda tadbirkorlik faoliyatiga turli aralashuvlar hamda to‘siqlarning bartaraf etilgani katta foyda berganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.

Shavkat Mirziyoyevning viloyatdagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva saylovchilarni kelajak uchun mas’uliyatni his etgan holda saylovlarda faol qatnashib, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi munosib nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga da’vat etdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    102
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+