Ishonchli vakil G’uzor va Dehqonobodlik saylovchilar bilan muloqot qildi

30.09.2021, 16:07

Ishonchli vakil G’uzor va Dehqonobodlik saylovchilar bilan muloqot qildi

Uchrashuvlarda ko‘p fikrlar bildiriladi. Ammo “yarq” etgan fikr aytilsa, u inson tafakkurini yangilaydi, hayotiga mazmun olib kirgandek bo‘ladi.  

O’zbekiston Prezidentligiga o‘tkazilayotgan saylov jarayonlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotgan shu kunlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal Demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod – Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Temur Olimovich Poyonovning tumanlarda saylovchilar bilan uchrashuvlari qizg‘in davom etmoqda. Ana shunday  uchrashuvlardan biri G’uzor tumanidagi 1-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida tashkil etildi. Temir Poyonov saylovchilarni Prezidentlikka nomzodning tarjimai holi,  saylovoldi dasturi bilan tanishtirar ekan, vatanparvarlik ota-onasini hurmatini joyiga qo‘yishdan boshlanishini alohida ta’kidladi.

-Bugun mamlakatimizda inson qadri davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda va bunda yoshlarning ota-onalarini hurmat qilishi, e’zozlashining ahamiyati juda katta,- dedi T. Poyonov. -Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ham  inson qadr-qimmatini ulug‘lash, insonparvarlik va xalqparvarlikka katta e’tibor qaratilgan. Milliy o‘zligimizni anglasak, ulug‘ ajdodlarimiz sharaflab kelgan betakror qadriyatlarimizni ulug‘lasak, o‘zimiz barpo qilayotgan  Yangi O’zbekiston ostonasiga tezroq qadam qo‘yamiz. Barchangizni ana shunday ulug‘vor g‘oyalarni ilgari surayotgan, yurt istiqboli va taraqqiyotini yuksaltirishga bel bog‘lagan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar ham partiyadan O’zbekiston Prezidentligiga nomzodi qo‘yilgan  Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga yuksak baho berishdi va saylovda unga yakdillik bilan ovoz berajaklarini aytib o‘tishdi.

Xuddi shunday uchrashuv Dehqonobod tumanidagi  Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi.

  OzLiDeP  Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    370
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+