Ishonchli vakil denovlik saylovchilar bilan uchrashdi

30.09.2021, 16:09

Ishonchli vakil denovlik saylovchilar bilan uchrashdi

Denov tumani ko‘p ming yillik tarixga ega aziz-avliyolar, buyuk shaxslar yetishib chiqqan zamindir. Shu sababdan ham denovliklarning qonida ilm, vatanparvarlik ufurib turadi. O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning Surxondaryo viloyati bo‘yicha vakili Abdulxakim Eshmuratov ana shu hudud ahli, mard, vatanparvar, jonkuyar denovliklar bilan uchrashdi.

Dastlab, tumandagi Farg‘ona madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturini tanishtirar ekan, bugun tuman markazining qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarayotgani haqida ham aytib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan nuroniylar, yoshlar, o‘rta yosh avlol vakillari esa bu bunyodkorlik ishlarida bosh-qosh bo‘lgan inson Sh.Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirishdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    262
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+