Ishonchli vakil tadbirkorlar bilan muloqot qildi

30.09.2021, 16:10

Ishonchli vakil tadbirkorlar bilan muloqot qildi

O’zLiDeP elektorati vakillaridan biri bu tadbirkorlardir. O’zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Surxonlaryo viloyatidagi ishonchli vakili Denov tumanida tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan muloqot qildi.

Denovlik tadbirkor Oysanam Boymatova rahbarligidagi "Kinderlend kids" xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tgan uchrashuvda ularning dilidagilarni eshitdik, tadbirkorlik qilishlari uchun shuncha sharoit va imkoniyatni yaratgan yo‘lboshchining - Sh.Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini eshitib, mamnun bo‘ldik!

Muhimi, ular boshqa tadbirkor ayollarni ham shunga da’vat etishadigan bo‘lishdi.

Partiya vakillari Denov tumanidagi "Istiqlol yulduzi" mahallasida yashovchi, ko‘p yillar rahbar lavozimida ishlagan, mustaqilligimizni mustahkamlashda hissa qo‘shgan ulug‘ inson, O’zbekiston Qahramoni - Ibrohim Fayzullayevning xonadonida ham bo‘lishdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    275
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+