Ishonchli vakil oliy ta’lim o‘qituvchilarini bayram bilan qutladi
30.09.2021, 16:16

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sh.Mirziyoyevning ishonchli vakili Q.Sanaqulov Navoiy Davlat Konchilik institutining ustoz-murabbiylari davrasiga borib, ularni 1 oktabr o‘qituvchilar kuni bilan qutladi.
Shuningdek, tabrik va dil izhorlari davomida ishonchli vakil yaqin besh yillikda o‘qituvchi maqomining oshirilganligi, o‘rta va oliy ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va oliy ta’lim qamrovining o‘sishi to‘g‘risida gapirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra,16 ta xorijiy davlatlarning 60 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan uzviy aloqa o‘rnatib, ushbu aloqalar dorasida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida Ukrainaning “Dnepr politexnika” Milliy Texnika universiteti, Belarus Davlat Texnologiya universiteti, Belarus Milliy Texnika universiteti, Qozon Federal universiteti, Vladimir Davlat universitetlari bilan 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2+2 sxema asosida va 2 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1+1 sxema asosida o‘quv jarayonini tashkil etgan mazkur oliy ta’lim dargohida ayni paytda 240 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ularning 29 nafari fan doktori va professorlar, 70 nafari fan nomzodi va dotsentlar bo‘lib, ilmiy salohiyat 41,2 %ni tashkil etadi.
- Bu o‘quv maskani Respublikamizdagi eng hashamatli va eng salohiyatli oliy o‘quv yurti hisoblanadi. Ishonamizki, institut jamoasi Yangi O’zbekiston rahbarligiga ko‘rsatilayotgan nomzodlar ichida eng munosibini tanlaydi va saylovlarda faol ishtirok etadi, - dedi Q Sanaqulov .
Tadbir ishtirokchilari ishonchli vakil so‘zlarini olqishlagan holda, mamlakatimizda qizg‘in tus olgan saylov jarayonlariga befarq emasliklarini bildirishdi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring