Siz hamisha ardoqdasiz Ustozlar!

30.09.2021, 16:38

Siz hamisha ardoqdasiz Ustozlar!

Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon.

1-oktabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.

 Bayram munosabati bilan Xalq deputatlari Mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan Namangan shahridagi 43-15-46-22-sonli umumta’lim maktablari, Namangan Pedagogika kolleji va 1-Davlat ixtisoslashgan maktab internatida mashaqqatli ammo sharafli kasb egalari bo‘lgan ustoz va murabbiylar ishtirokida uchrashuvlar va madaniy tadbirlar o‘tkazilib, yosh avlodga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylarning olijanob mehnatiga tahsinlar aytildi.

Tadbirlar yakunida bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga deputatlarning bayram sovg‘alari topshirildi.

Teglar
  • Ko'rildi
    487
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+