Toshloqliklar xalqchil g‘oyalar uchun ovoz beradi
30.09.2021, 16:43

Toshloq tumanidagi 2-umumta’lim maktabida O‘zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Enaxon Sidiqovaning Toshloqlik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ishonchli vakilga partiya viloyat Kengashi raisi Rahmatullo Kamolov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Xodjayeva, partiyaning viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Ahmadali Teshaboyev hamrohlik qildilar.
Nomzodning tarjimai holi, faoliyati, saylovoldi dasturidan so‘nggi besh yillik faoliyati davomida viloyatda amalga oshirilgan islohotlar aks etgan videorolik namoyish etildi.
- Dasturdagi ustuvor vazifalar Yangi O’zbekistonni kurishdagi murakkab, sharafli yo‘lning ibtidosidir. Ular zamirida inson qadri turganini anglash qiyin emas. Uchrashuvlarda yurt rivoji, xalq farovonligiga yo‘naltirilgan maqsadlarni ilgari surayotgan nomzodimizning so‘nggi besh yillikdagi islohotlaridan rozilikka guvoh bo‘lyapmiz, - deydi Ishonchli vakil Enaxon Sidiqova.
Shuningdek, tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Xodjayeva 28 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onalik saylovchilar uchrashuvida Farg‘onada, vodiyda yagona Bolalar kardio-xirurgiya markazi tashkil etilib, tug‘ma yurak nuqsoni bor, yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj bolalarni zamonaviy endovaskulyar yo‘l bilan xirurgik davolash yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlanganini aytib o‘tdi.
Quvonarlisi, bu borada barcha davolash amaliyotlari budjet hisobidan amalga oshiriladi. Shu va bu kabi bo‘lajak islohotlar so‘z olganlar tomonidan faxr bilan tilga olindi.
Shuningdek, Ishonchli vakil O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligida, Toshloq tumanidagi 22-bolalar musiqa va san’at maktabida ham tuman faollari bilan muloqot qildi. Bundan tashqari, «Oq oltin» to‘yxonasida tuman xalq ta’limi sohasi fidoyilari bilan ham uchrashib, ularni 1 oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan tabrikladi.
Tadbirlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dastur yo‘nalishlarining eng qaynoq rejalariga to‘xtalib, O’zbekistonda inson qadrini yanada yuksaltirish, xalqimiz turmushi farovonligini bundanda oshirish, “davlat – insonlar uchun” degan xalqchil g‘oyani to‘la amalga tatbiq qilish nomzodning pirovard maqsadi ekanligini qayd etildi.
Sh.To‘xtamatov,
O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring