Deputatlar nomzodning dasturini eng chekka mahallalargacha targ‘ib qilmoqda
02.10.2021, 13:25

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimova Buvayda tumanidagi Ing‘irchoq, Dodxo, Maslahat, Jiydali va Jaloyer MFYlarida bo‘lib, O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi va unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar bilan saylovchilarni tanishtirdi.
Deputatga partiyaning tuman Kengashi raisi Dilnoza Nurmatova hamrohlik qildi.
Targ‘ibot tadbirlarida “Inson qadri uchun” shiori ustuvorlik qilib, Shavkat Mirziyoyevning dasturida inson qadri ulug‘ligi, aholi turmushini yanada yaxshilash va barcha olib boriladigan islohotlar insonlar manfaati uchun hizmat qilishi haqida gapirildi.
24 Oktabr kuni barcha fuqarolar o‘zlari ko‘tarinki kayfiyatda saylovda qatnashishlari va tinchlik uchun, yaxshi hayot uchun munosib nomzodga ovoz berishga chaqirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
-
Energiya ta’minotida burilish davri boshlanmoqda
15.05.2023, 17:43
Fikringizni qoldiring