Yangi O’zbekistonda ta’lim taraqqiyoti uchun ovoz beramiz!

02.10.2021, 13:28

Yangi O’zbekistonda ta’lim taraqqiyoti uchun ovoz beramiz!

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva saylovoldi tashviqot uchrashuvlari dorasida Bekobod tumani “Bo‘ston” MFYdagi “PROGRESS and RESULT” nomli xususiy maktabda bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur xususiy maktab 500 o‘rinli bo‘lib, ta’lim  maskanida 1-sinfdan 11-sinfgacha o‘qitiladi. Bugungi kunda maktab o‘quvchilari soni 350 nafarni tashkil etadi. Ta’lim dargohida 35 nafar pedagog faoliyat yuritadi.

Ishonchli vakil bu yerda o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, maktabdagi sinf xonalarining jihozlanishi bilan yaqindan tanishdi.

Maktab jamoasini “Ustoz va murabiiylar kuni” munosabati bilan tabriklarkan, mana shunday mashaqqatli, mas’uliyatli ishlarida kuch-quvvat, sabr va matonat, barkamollik tiladi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva ta’lim maskanidagi saylovchilarga Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” nomli saylovoldi dasturi, unda mamlakat ta’lim tizimini taraqqiy ettirishda ustuvor bo‘lgan vazifalarni batafsil sharhlab berdi.

Uchrashuvda so‘z olgan Bekobod tumani targ‘ibot guruhi rahbari,  “Shuhrat” hamda “Mo‘‘tabar ayol” medallari sohibasi Farida Yuldasheva 38 yildan buyon shu dargohda faoliyat yuritib kelgani, ammo, o‘qituvchi bunaqa qadr topgan davr bo‘lmaganini e’tirof etdi.

 Har bir fuqaroga davlat tomonidan bepul kasb-hunar o‘rgatilishi katta e’tibor va g‘amxo‘rlik namunasi ekanini ta’kidladi.

Yangi O’zbekistonnig tamal toshini qo‘yayotgan, insonning taqdiriga befarq emaslik, uning qadrini yuksaltirishni oliy maqsad qilib olgan munosib nomzodga ovoz berishga chaqirdi.

Partiya nomzodining ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva yig‘ilganlarni 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlarda faol qatnashishga undadi.

O’z saylovoldi dasturida Yangi O’zbekistonda ta’lim sifatini oshirishni ustuvor vazifa qilib belgilagan o‘zbek xalqining shijoatli, sadoqatli farzandi Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    389
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+