Ishonchli vakil Milliy paralimpiya qo‘mitasi vakillari, sportchilari va murabbiylari bilan uchrashdi

02.10.2021, 13:36

Ishonchli vakil Milliy paralimpiya qo‘mitasi vakillari, sportchilari va murabbiylari bilan uchrashdi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R.Kalanovning O’zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi vakillari, sportchilari va murabbiylari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlar, xususan sportni rivojlantirish sohasiga to‘xtalib o‘tdi. Kelgusi yillarda sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat beriladi. Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokni ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda O’zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari bilan hamkorlik qilish darajasi yangi bosqichga ko‘tariladi. Aholini ommaviy sport turlariga jalb qilish orqali yillik qamrov hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkaziladi. Jismoniy tarbiya va sport sohasini mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ommaviy adabiyotlar chop etish, oldimizda turgan muhim vazifalar sirasiga kiradi. 

Ishonchli vakil ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi. Fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslab berdi.

Uchrashuv ko‘tarinki ruhda, savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    330
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+