Adolat tantana qilgan yurt

02.10.2021, 13:43

Adolat tantana qilgan yurt

Yangiyer shahridagi Yangiyer sihatgohining faollar zalida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning saylovoldi dasturi targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda nomzodning Sirdaryodagi ishonchli vakili Pokiza Axmedjanova saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan tashabbuslarining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdilar.

Yangiyerlik mehnat fahriysi Nabijon Sobirovning so‘zlari hammaning dilida shukronalik hissini uyg‘otgani sir emas.

-Men bu yil Toshkent kimyo texnologiya institutining Yangiyer filialiga o‘qishga kirdim, - deydi Yulduz Muhammadiyeva. - Talaba uchun o‘qish va yashashga sharoit nafaqat uning, balki ota-onalarining  ham orzu-istagi. Men nomzodning oliy ta’lim tizimida qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish, shuningdek talabalar yashash sharoitni yaxshilash maqsadida qariyib 100 ming o‘rinli talabalar turar joylari barpo etilishi haqidagi saylovoldi dasturini o‘qib to‘lqinlanib ketdim.

Uchrashuvda har bir so‘zga chiqqan saylovchi, bundan besh yil oldin munosib nomzodga ovoz berganliklarini vaqtning o‘zi isbotlagani va joriy yilda ham xuddi shunday tanlov qilishlarini bir ovozdan ta’kidlashdi.

B.Norjigitova,

O'zLiDeP Sirdaryo  viloyati Kengashi

 matbuot kotibi

Teglar
  • Ko'rildi
    289
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+