Ishonchli vakil kogonlik saylovchilar bilan muloqot qildi

04.10.2021, 16:34

 Ishonchli vakil kogonlik saylovchilar bilan muloqot qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyadan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Buxorodagi ishonchli vakili Samoydin Xusenov Kogon shahri saylovchilari bilan uchrashdi.

Shu munosabat bilan ishonchli vakil shaharda faoliyat olib borayotgan turli soha vakillaridan tuzilgan targ‘ibot guruhi a’zolari bilan suhbatlashib, ularga saylovoldi targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha zimmalariga yuklatilgan ma’suliyatlariga to‘xtaldi. Galdagi asosiy vazifa, aholining saylash ko‘nikmasini rivojlantirish, ularning saylov kunida shaxsan o‘zi munosib nomzodga ovoz berish uchun saylov uchastkalariga borishini ta’minlash ekanligini ta’kidladi.

Shu bilan bir qatorda, targ‘ibot guruhi a’zolari ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, mahallalarda o‘tkaziladigan uchrashuvlarda, o‘tgan davrda amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishlari, nomzodning saylovoldi dasturini ham atroflicha tushuntirish lozimligini bildirdi. Ishonchli vakilning Kogon shahridagi uchrashuvlarning birinchisi shahar Kengashi deputatlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va faollari, faxriy keksalar, tadbirkorlar va fermerlar, ishbilarmonlar, yoshlar bilan bo‘ldi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtaldi.

Saylovoldi dastur olti muhim yo‘nalishdan iborat bo‘lib, uning eng asosiy maqsadi – inson qadrini yuksaltirish, “davlat – xalq uchun” tamoyilini izchil davom ettirishdir.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Madina Baratova va Emma Aslonovalar so‘zga chiqib, o‘tgan besh qillikda amalga oshirilgan tub islohotlar, barcha sohalarda amalga oshirilgan ulkan ishlarni tahlil qilib berishdi.

Uchrashuv yakunida yurtimizda yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida hikoya qiluvchi videolavha namoyish etildi.

Teglar
  • Ko'rildi
    248
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+