Buvayda tumanida navbatdagi saylovoldi targ‘ibot tadbir tashkil qilindi

05.10.2021, 16:38

Buvayda tumanida navbatdagi saylovoldi targ‘ibot tadbir tashkil qilindi

Buvayda tumanidagi Tibbiyot birlashmasida tashkil qilingan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimova O’zLiDePdan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ko‘rsatilgan maqsadlar, o‘tgan besh yilda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar borasida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, Saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari qatori fuqarolarning sog‘lig‘ini asrab-avaylash masalasiga ham eng muhim vazifalardan biri bo‘lishligi alohida band qilib belgilab berilgan. Bu borada Farg‘ona viloyatida ham qator ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Unga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kuchaytirish maqsadida 22 ta yangi oilaviy shifokorlik punkti va 10 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi hamda zamonaviy jihozlanadi. 120 o‘ringa ega bo‘lgan Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi, Hindiston bilan hamkorlikda Endokrinologiya markazi tashkil etiladi.

Ushbu bildirilayotgan barcha takliflar eng avvalo inson uchun, uning qadri uchun qilinayotganligi alohida e’tirof etildi.

Buvayda tumani madaniyat markazida Yashnarabod va Dodxo mahallasi aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot ham samimiy ruhda tashkil qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari ham nomzod haqida o‘z munosabatlarini izxor etib, saylovda faol ishtirok etish istagida ekanligini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    453
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+