Inson manfaatlarini oliy o‘ringa qo‘yayotgan nomzodga ovoz beramiz!

05.10.2021, 16:47

Inson manfaatlarini oliy o‘ringa qo‘yayotgan nomzodga ovoz beramiz!

Ishonchli vakil O’ktamjon Axunovning izboskanlik xotin-qizlar va yoshlar bilan uchrashuvida ayni tanlov yig‘ilganlar tomonidan e’tirof etildi.

So‘nggi besh yilda viloyatda, xususan, Izboskan tumanida amalga oshirilgan izchil islohotlar xususida so‘z yuritildi.

O’zLiDePdan mamlakat rahbarligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning tarjimai xoli, faoliyati, saylovoldi dasturi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgach, nomzod tashabbuslari bilan bog‘liq viloyat yutuqlari aks etgan videorolik namoyish etildi.

Ishonchli vakilning saylovoldi dastur mazmun-mohiyatini tushuntirish barobarida “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobini va unda qayd etilgan yangi islohotlar yo‘nalishlarini tanishtirish bilan bog‘liq fikrlari saylovchilar vakillarini befarq qoldirmadi.

So‘z olganlar keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samarasi, O’zbekistondagi  har bir xonadonga kirib borganligini, har bir yurtdoshimiz taqdiriga o‘zgarishlar olib kirganligini ta’kidladilar. Xususan, tibbiyot vakillari tomonidan saylovoldi dasturda belgilangan sohaga ajratiladigan mablag‘lar 2 barobar oshirilishi, asosiy e’tibor xonadonbay tibbiy profilaktikaga qaratilishi reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilib, birinchi bosqichda 46 ta tumanlararo perinatal markazlar barpo etilishi borasidagi aniq, tizimli chora-tadbirlar alohida e’tirof etirof etildi.

Qizg‘in fikr-mulohazalar maydoniga aylangan uchrashuv so‘nggi besh yillik va kelgusi besh yillikning uzviy bog‘liqligini tushuntirishga xizmat qildi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

 

Teglar
  • Ko'rildi
    271
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+