Ishonchli vakilning oqqo‘rg‘onlik saylovchilar bilan uchrashuvi samimiy ruhda o‘tdi

05.10.2021, 17:02

Ishonchli vakilning oqqo‘rg‘onlik saylovchilar bilan uchrashuvi samimiy ruhda o‘tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDeP dan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Oqqo‘rg‘on tumani Bolalar musiqa va san’at maktabida saylovoldi tashviqotini olib bordi.

Tadbirda tuman faollari, mahalliy aholi vakillari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva partiya nomzodining saylovoldi dasturini keng targ‘ib qilarkan, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

 Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar so‘nggi besh yilda turli sohalarda amalga oshirilgan islohotlar, bunyodkorlik ishlarining zamirida Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilgan oqilona siyosat mahsuli ekanini qayd etishdi.

Uzoqni ko‘zlab, kelajagi porloq bo‘lgan Yangi O’zbekistonni qurish uchun Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishlarini bildirishdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va davlat qurish, kelajak avlodlarning farovon turmushini ko‘zlaydigan bo‘lsak, uni barpo etishga qodir bo‘lgan munosib nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chorladi.

 O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    486
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+