Ishonchli vakil Adliya boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi

05.10.2021, 17:05

Ishonchli vakil Adliya boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R.Kalanovning Toshkent davlat yuridik universitetida Toshkent shahridagi Adliya boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuvi  bo‘lib o‘tdi.

Nomzodning ishonchli vakili nomzodning hayoti va siyosiy faoliyati hamda saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga aniq misollar bilan yetkazdi.

Jumladan, endilikda qaror noqonuniy emasligini sudda isbotlash majburiyati uni qabul qilgan mansabdorning o‘ziga yuklanadi. Bundan buyon ichki ishlar organlari faoliyatini baholashda aholi muammolarini hal etish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijadorligi asosiy mezon etib belgilanadi. Sudlar faoliyatiga “yagona darcha” tartibi joriy etiladi. Barcha bo‘g‘indagi ijro idoralari rahbarlari – xoh u vazir bo‘lsin, xoh qo‘mita raisi, bir yillik ish dasturi va amalga oshiradigan loyihalarini jamoatchilikka ochiq e’lon qilib boradi. Tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod tegishli kengashda eng ko‘p deputatlik o‘rnini egallagan partiya guruhi tomonidan ilgari suriladi. Bunda nomzod hududni rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini xalq vakillari oldida himoya qila olgan taqdirda hokim lavozimiga tasdiqlanadi.

Ishonchli vakil ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi. Fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslab berdi.

Uchrashuv ko‘tarinki ruhda, savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    291
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+