Yangiariqliklar - kelajagimiz uchun ovoz beramiz!

05.10.2021, 17:16

Yangiariqliklar - kelajagimiz uchun ovoz beramiz!

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyat bo‘yicha ishonchli vakili Amin Vapayev Yangiariq tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Yangiariq tumani “Qo‘riqtom” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda partiya viloyat Kengashi raisi Islom Fayzullayev so‘z olib saylovchilarni partiyadan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Sh.Mirziyoyevning saylovoldi dasturining hamda “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun mohiyati bilan tanishtirdi.

Mazkur kitobda ko‘rsatilgan so‘ngi 5 yillikda maqsad qilingan yangi marralar, Yangi O’zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, 5 yillikda qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatilgani, xalqimizning tinch, xotirjam faravon hayot kechirayotgani xususida gapirdi va saylovchilarni Yangi O’zbekiston strategiyasi uchun ovoz berishga chaqirdi.

Ishonchli vakil Amin Vapayev nomzodning saylovoldi dasturidagi muhim ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Saylovoldi dastur bilan birgalikda har bir hududning o‘ziga xos rivojlantirish dasturlari xususan, Xorazm viloyatini keyingi 5 yillikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda qilinishi zarur bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng “Inson qadri uchun” shiori ostidagi bayramona konsert dasturi yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Tuman madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari ijrosidagi kuy qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi. 

Teglar
  • Ko'rildi
    319
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+