O’zLiDeP vakillari YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilari bilan muloqot qildi
05.10.2021, 19:25

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga ko‘ra, Ouenom Merfi boshchiligida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining saylovlarni kuzatish missiyasi mamlakatimizda monitoring ishlarini olib bormoqda.
Ushbu delegatsiya faoliyati doirasida 2021 yil 5 oktabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijro qo‘mitasida uning vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida xalqaro kuzatuvchilar O’zLiDeP tarixi va g‘oyalari, partiyadan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Saylovoldi dasturi hamda targ‘ibot va tashviqot ishlari bilan tanishdilar. Saylovlar ochiq va shaffof o‘tayotgani qayd etildi. Mehmonlar targ‘ibot ishlari jarayonida zamonaviy saylov texnologiyalarining qo‘llanishi bilan tanishdilar. Umuman, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilarining yurtimizga taklif etilishi, O’zbekistonning umumqabul qilingan demokratik tamoyillarga sodiqligini yana bir bor isbotladi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi.
O’zLiDeP matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring