Turkmaniston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda
06.10.2021, 12:03
Azaldan bu ikki xalq o‘rtasida do‘stlik aloqalari mustahkam bo‘lgan va bugungi kunda ham bu qardoshlik rishtalari yanada rivojlanib bormoqda. O’zbek-turkman xalqlarining tili, dini, urf-odatlari va milliy madaniyati o‘xshashligi esa bir-birini qalban his qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning yurtimizga tashrifi esa o‘zbek-turkman xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik hamda qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz. Chunki Turkmaniston yetakchisining O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan samimiy uchrashuvida strategik sheriklikning dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan yangi “o‘sish nuqtalarini” belgilab olishga erishildi. Bu tashrif mintaqaviy va xalqaro maydondagi hamkorlikni kengaytirishga muhim asos bo‘ladi.
Ikki davlat yetakchilari O’zbekiston-Turkmaniston ko‘p qirrali hamkorligida mavjud masalalarning butun doirasini muhokama qilib, konstruktiv siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishdi. Binobarin, keyingi to‘rt yilda o‘zaro savdo hajmi uch barobarga ko‘payib, 400 million dollardan oshdi. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash yana 25 foizga ortgani ikki davlat iqtisodiyotini yukslatirishda muhim bo‘lmoqda.
Davlatimiz rahbari O’zbekiston-Turkmaniston munosabatlari, ayniqsa savdo-iqtisodiy sohada ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uch barobar ortdi. Tashrif doirasida o‘tgan O’zbekiston-Turkmaniston iqtisodiy forumida kelishuvlar va qat’iy shartnomalarning salmoqli to‘plami imzolandi. Chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, uchinchi mamlakatlarda kelayotgan importning o‘rnini O’zbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqarilayotgan va ikki mamlakat bozorlarida talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar bilan bosishga doir kelishuv o‘zaro savdoni ko‘paytirishga xizmat qilishini e’tirof etdi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish o‘rinliki, Turkmaniston va O’zbekiston munosabatlarining yuqori darajaga ko‘tarilayotgani va barcha sohalarda kelishuvga erishilayotganidan ikkila xalq vakillari juda ham mamnun bo‘lishmoqda. Chunki do‘stlik, qardoshlik hamda hamjihatlik xalqlarni birlashtiradi. Birlashgan xalqlarni esa hech qanday kuch yenga olmaydi.
Hazratqul XO’JAMQULOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Fikringizni qoldiring