Yangi iqtisodiy rivojlanish sarboniga ovoz beramiz!

06.10.2021, 15:22

Yangi iqtisodiy rivojlanish sarboniga ovoz beramiz!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili “SHOY-MENG BUSINESS” MChJ da bo‘lib, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop ayollar va erkaklar poyafzallarini ishlab chiqaradigan korxona faoliyati bilan tanishdi.

Bu yerda 50 nafar ishchi-xodimlar bilan saylovoldi tashviqot ishlarini olib bordi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva partiya nomzodi saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ustuvor maqsad va vazifalar eng avvalo, inson, uning qadri, farovonligiga qaratilganini e’tirof etdi.

Bu yerda jamlangan barchani mamlakatni yangi iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan og‘ishmay yetaklashga qodir bo‘lgan nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    233
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+