Ishonchli vakil jalaquduqliklar bilan uchrashdi

06.10.2021, 15:37

Ishonchli vakil jalaquduqliklar bilan uchrashdi

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyati bo‘yicha ishonchli vakili O’ktam Axunovning navbatdagi uchrashuvi Jalaquduq tumanidagi 18-son musiqa va san’at maktabida tashkil etildi. Bu yerda jam bo‘lgan saylovchilar vakillariga partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova ishonchli vakilni tanishtirarkan, ayni vaqtda 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadagan saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, munosib nomzodga ovoz berish va bu tanlov davlat va jamiyat ertasini belgilovchi muhim qaror ekanligini his qilish nechog‘li yuksak mas’uliyat ekanini ta’kidladi.

Ishonchli vakil tomonidan nomzodni tanishtiruv, faoliyati va saylovoldi dasturi mohiyati hayotiy misollar orqali yanada kengroq ochib berildi.

“Inson qadri uchun!”, “Inson manfaatlari uchun”, “Inson xavfsizligi uchun!” ishlab chiqilgan saylovoldi dastur muallifi, yangi O’zbekiston me’morining so‘nggi besh yildagi faoliyati mamlakatda, Andijonda, xususan, Jalaquduq tumanida ham ulkan bunyodkorlik ishlariga debocha bo‘ldi. Ayni kunda tumanning sanoatlashgan, har sohada mislsiz yutuqlarga erishayotgan hayoti tuman ahlining kundalik turmush tarzida ham o‘z aksini topayotir.

Uchrashuvda saylovchilarning islohotlardan rozilik kayfiyatlari ular tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarda namoyon bo‘ldi. Sayovoldi dasturning ustuvor 10 ta yo‘nalishi bo‘yicha berilgan atroflicha tushuntirishlardan so‘ng saylovchilar o‘z munosabatlarini bayon etdilar.

Tumandagi “Guljahon-21” fermer xo‘jaligi rahbari Guljahon Usmonova so‘z olib, oxirgi besh yilda fermerlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yer masalasidagi islohotlar yangi tashabbuslariga qanot bo‘lganini, faoliyatini kengaytirishga, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga aylantirishiga xizmat qilganini qayd etdi. Shuningdek, shu faoliyati ortidan xalq ichiga yanada chuqurroq kirib, aholi ishonchini qozonganini va deputatlikka saylanganini, bu maqom esa jamiyatda xotin-qizlarning yanada muhim o‘rin egallayotganlari ifodasi bo‘lganini g‘urur bilan gapirdi. Saylovoldi dastur bilan tanishish asnosida esa mazkur islohotlar izchil davom etishini, yangi O’zbekiston strategiyasi Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi ekanligini qalban his qilganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv qizg‘in va samimiy muloqot maydoniga aylandi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

 

Teglar
  • Ko'rildi
    224
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+