Ishonchli vakil arnasoylik nuroniylar bilan uchrashdi

06.10.2021, 15:41

Ishonchli vakil arnasoylik nuroniylar bilan uchrashdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Bayrambek Uzoqov  Arnasoylik nuroniylar va kayvonilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, targ‘ibot guruhi a’zolari, partiya faollari ishtirok etdilar.

Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga oid islohotlar izchil davom etmoqda.

Arnasoyda ayni paytda 4128 nafar keksa avlod vakillari istiqomat qiladi. Ulardan ayollar 2270 nafarni tashkil etadi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda nuroniylarning nafaqa va pensiyalari o‘z vaqtida, ular istagan shaklda yetkazib berilayotgani, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, salomatligiga e’tiborni kuchaytirish borasidagi amaliy ishlar mamlakatimizdagi barcha yoshi ulug‘ insonlar og‘irini yengil qilayotgani borasida aytib o‘tdilar.

Ayniqsa, 4-10 oktabr kunlarining “Keksalar haftaligi”, deb belgilangani ayni muddao bo‘ldi. Chunki, haftalik doirasida nuroniylarning holidan xabar olish, ularni manaviy va jismoniy qo‘llab-kuvvatlash, hurmat-ehtirom ko‘rsatish va e’zozlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Uchrashuvda qatnashgan nuroniy va kayvonilar bunday hurmat va ehtirom uchun o‘z minnatdorchiligini bildirar ekanlar, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini ta’minlaydigan nomzodning Saylovoldi dasturida ko‘rsatilgan barcha ustivor vazifalarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodga ovoz berishga chaqirdilar.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    291
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+