Ishonchli vakil talabalar bilan uchrashdi

06.10.2021, 15:44

Ishonchli vakil talabalar bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal Demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyati bo‘yicha vakili Bayrambek Uzakov O’zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, mahalliy Kengash deputatlari, targ‘ibot guruhi a’zolari va partiya faollari ishtirok etdilar.

Ushbu universitet O’zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali bilan hamkorlikda “Dasturiy injiniring”, “Farmatsiya” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni boshlaydi hamda mazkur yo‘nalishlarda o‘qishga qabul qilingan talabalar kelgusida o‘qishlarini filialida davom ettiradi. 2022 yil yakunigacha filial tarkibida OpenLab ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi. Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirildi. Bunda, davlat granti asosida ta’lim olgan filial bitiruvchilari 3 yildan kam bo‘lmagan muddat majburiy ishlab berish sharti bilan O’zbekistonning davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi. Bitiruvchilarga O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida oliy ma’lumot sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Bu yangiliklarning barchasi so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlarning Jizzaxdagi bir ko‘rinishi xolos.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar nomzodning Saylovoldi dasturida bu borada amalga oshiriladigan ustivor vazifalarga ham to‘xtalib o‘tishdi. Jumladan, oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga, asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratiladi,  oliy ta’limda sifat va raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026 yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi. Uchrashuv ishtirokchilari partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    293
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+