Karmanalik saylovchilarga saylovoldi dastur targ‘ib qilindi
06.10.2021, 15:51

Ma’lumki, bu galgi saylov xalqaro normalariga to‘la asoslangan qonunchilik hujjati - Saylov kodeksi asosida bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni paytda saylovga tayyorgarlik ishlarining borishi matbuotda to‘liq shaffof va xolis yoritilib borilmoqda.
Karmana tumanida Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning karmanalik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab mustaqillik yillarida, ayniqsa, keyingi yillarda Yangi O’zbekistonda misli ko‘rilmagan islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z borar ekan, Sh.Mirziyoyev tomonidan mamlakatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar qayd etildi.
Jumladan, Karmana tumani har tomonlama qulay hududda joylashgani, “Navoiy” xalqaro aeroporti, “Navoiy” erkin-iqtisodiy zonasi, “Navoiy IES” AJ, kombinatning “Do‘stlik” agrofirmasi va boshqa ko‘plab boshqa muhim ahamiyatga ega va yuqori rentabelli korxona va tashkilotlarning tuman hududida joylashgani sababli tuman aholisini ish bilan ta’minlash, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ishlari namunali tarzda borayotgani aytildi.
Shuningdek, qurilish-bunyodkorlik, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy, madaniy ob’ektlar uchun ajratilgan mablag‘lar tahlili, zaruriy jihozlar olish va boshqa muhim yo‘nalishlarga ajratilgan mablag‘lar ochiqlandi.
Islohotlar samarasi o‘laroq, respublikada, shu jumladan tumanda aholining biznesga ishonchi va qiziqishi ortib, tadbirkorlik faoliyati jadal rivojlanishda davom etayotgani, 2021-2022 yillarda umumiy qiymati
3,1 trillion so‘m bo‘lgan 208 ta loyiha shakllantirilib, evaziga salkam 4 ming yangi ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha ishlar ketayotgani bildirildi.
So‘ngra ishonchli vakil Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning salovoldi dasturiga to‘xtalib, bu dastur zamirida uzoqni ko‘zlab yuritilayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat, izlanish, donishmandlik, Vatanimizga, ona xalqimizga cheksiz mehr-muhabbat, eng muhimi, katta siyosiy iroda mujassam, deya ta’rifladi.
Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning saylovoldi dasturi muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berilganidan so‘ng, mahalliy aholi vakillari dastur yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bayon etishdi.
Uchrashuvda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati A.Tulegenova ham so‘zga chiqdi va saylovchilarni Yangi O’zbekiston taqdiriga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.
So‘zga chiqqanlar yakdillik bilan o‘zbek xalqining turmush tarzi, yashash sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalari yanada ravnaq topishi, davlatimizning jahonda tutgan mavqeini oshirish, hech shubhasiz, Sh. Mirziyoyevning yana Prezidentlikka saylanishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ta’kidlashdi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyamizda aholi salomatligiga oid normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda – O‘zLiDeP deputati
24.03.2023, 16:16
-
Davlat aholiga eng zarur va muhim bo‘lgan bir qator tibbiy xizmatlarni bepul ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga olmoqda
24.03.2023, 16:14
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati mahalla ahliga tushuntirildi
24.03.2023, 16:12
-
Konstitutsiyaviy islohotlar partiyamiz elektorati manfaatlariga xizmat qiladi
24.03.2023, 12:08
-
Adolatli soliqlar
24.03.2023, 12:04
Fikringizni qoldiring