Qiziltepa tumanida ishonchli vakil xotin-qizlar, nuroniy otaxon va onaxonlar bilan uchrashdi

06.10.2021, 15:53

Qiziltepa tumanida ishonchli vakil xotin-qizlar, nuroniy otaxon va onaxonlar bilan uchrashdi

Ayni paytda hududlarda saylovga tayyorgarlik ishlari jadal ketmoqda. Siyosiy partiyalar o‘z nomzodlari dasturlarini olg‘a surgan holda, tashviqot ishlarini saylov kodeksiga to‘la amal qilgan holda davom ettirmoqda.

Shu jumladan, nomzodning joylardagi vakillari ham vakolatlari doirasida xalq orasiga kirib, uchrashuvlarni ochiq muloqotlar tarzida olib borishyapti.

 Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning ishonchli vakili Q.Sanaqulov Qiziltepa tumanida ikki uchrashuvni amalga oshirdi.

Kunning birinchi yarmida ishonchli vakil tumanning Toshrabot mahallasidagi musiqa maktabida Qiziltepa yoshlari, xalq ta’limi vakillari hamda nuroniylar bilan uchrashib, ularga mamalakatimizning besh yili sarhisobi to‘g‘risida faktlar asosida ma’lumot berish bilan birga  Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturini batafsil tushuntirib berdi.

Shuningdek, bu borada o‘tirganlardan fikrlar tinglanib, takliflar o‘rtaga tashlandi. O’tgan davr mobaynida Qiziltepa tumaniga qaratilgan e’tibor qiziltepaliklar tomonidan e’tirof etildi.

Kunning ikkinchi yarmida xotin-qizlar va nuroniy otaxon-onaxonlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham asosan keyingi yillardagi o‘zgarishlar tahlil etilib, prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning kelasi besh yillik uchun tuzgan dasturi muhokama etildi.

Ishonchli vakil Qiziltepa tumani sanoatlashgan hududga aylanib borayotganiga alohida to‘xtaldi.

-Bu eldan taniqli tadbirkorlar, fermerlar, hunarmandlar, bir so‘z bilan aytganda, harakatchan, mehnatkash insonlar yetishib chiqayotgani hisobiga tuman dovrug‘i borgan sari oshib boryapti. Buning barchasi havas qilishga arzigulik hudud ahlining halol mehnati tufaylidir, - dedi ishonchli vakil Q.Sanaqulov  o‘z so‘zida.

Ishonchli vakilga ko‘ra, 2017-2020 yillarda Qiziltepa tumanida amalga oshirilgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2,3 barobarga, aholi daromadlari 1,7 barobarga oshgan.

Xususan, Toshrabotning Uzilishkent mahallasidagi tadbirkor U. Fayziyev tashabbusi bilan chet el zamonaviy texnologiyasi asosida paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan "Toshrabot textile" korxonasining foydalanishga topshirilishi hudud sanoatida juda katta qadamlardan biri bo‘lgani misol tariqasida aytildi.

Ishonchli vakilning Qiziltepa tumanidagi aholi bilan saylovoldi uchrushuvlari qizg‘in munozaralar va ham shukr ham faxrga yo‘g‘rilgan izhorlar bilan nihoyalandi.

M.Pirnafasova,

O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
  • Ko'rildi
    331
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+