Ishonchli vakil ishtixonlik saylovchilar bilan uchrashdi

06.10.2021, 16:47

Ishonchli vakil ishtixonlik saylovchilar bilan uchrashdi

Ishtixon tumanidagi 21–son bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda  nuroniylar, mahalla , ta’lim tizimi vakillari va yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni O’zLiDeP Ishtixon tuman  Kengashi raisi Ahmad Hasanov ochib berdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning viloyatdagi ishonchli vakili Rustam Xolmurodov tomonidan nomzodni tarjimai holi, saylovoldi dasturi ayni kunga qadar olib borgan siyosiy faoliyati haqida  yig‘ilganlarga atroflicha tushunchalar berildi.

Xususan, o‘tgan davrda nomzod tomonidan mamlakatimizda fan, ta’lim, tibbiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilgan izchil islohotlar, o‘z mevasini berayotganligini ta’kidlar ekan, ushbu ulkan o‘zgarishlar Shavkat Mirziyoyev faoliyatning mahsuli ekanligi alohida ta’kidlandi.

Jumladan, Samarqand viloyatida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, nomzodning qat’iy irodasi va yuksak tashkilotchilik salohiyati tufayli xalqni rozi qilish, kambag‘allikni kamaytirish vazifasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini, ushbu muammoni yechishda o‘ziga xos yondashuv va ish uslublari shakllanganligini, “Temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari” asosida aniq reja va dasturlar ishlab chiqilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatilayotgani, “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratilishi, oilaviy bog‘chalar, chekka-chekka xududlarimizda maktabgacha ta’lim muassasalari qurilayotganligi, sanoat bugun olis tumanlarga xususan, Ishtixonga ham kirib borganligini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Shuningdek, saylovoldi dasturdagi mahalla tizimining huquq va vakolatlari kengaytirilib, moliyalashtirish manbalari va tartibi takomillashtirilishi, mahallada fuqarolar uchun davlat va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, davlat organlariga mahalladan turib murojaat qilish imkoniyati yaratilishi xususidagi bandlar mazkur tizimdagi yanada kengroq qulayliklarga yo‘l ochishini qayd etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, bugun mamlakatimizda tumanlar, mahalalar va qishloqlarda ham aholi tarmush tarzini yaxshilash, fuqarolarga qulay shart-sharoit eng ustuvor vazifa etib belgilanib, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturi doirasida guzarlar jamoli o‘zgacha qiyofa kasb etayotganligini ta’kidlashdi va “Inson qadri uchun” Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilishdi.

O’zLiDeP Samarqand  viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    315
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+