Ishonchli vakil kelgusi besh yilda qishloq xo‘jaligida davlat aralashuviga to‘liq barham berilishini ta’kidladi

07.10.2021, 18:28

Ishonchli vakil kelgusi besh yilda qishloq xo‘jaligida davlat aralashuviga to‘liq barham berilishini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Oqqo‘rg‘on tumanida olib borgan saylovoldi tashviqotlari doirasida tumanning  “Qahramon” qishloq fuqarolar yig‘inidagi paxta dalasida bo‘ldi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalar borasida atroflicha ma’lumotlar berdi.

Dasturga ko‘ra kelgusi besh yilda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida davlat aralashuviga to‘liq barham berilib, mahsulot ishlab chiqarishni sanoat bosqichiga olib chiqishda barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilangan.

Qishloq tumanlari aniq mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirilib, davlat tomonidan dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

Agrar tarmoqdagi klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklari faoliyatini barqaror, qulay shart va muddatlarda moliyalashtirish va sug‘urtalashning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy etiladi.

Davlat idoralari tomonidan narx belgilash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini majburiy sotib olish tizimi to‘liq bekor qilinib, erkin bozor munosabatlari joriy qilinadi.

200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, ularni aholiga ochiq tanlov asosida 10 sotixdan 1 gektargacha uzoq muddatli ijaraga berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 Uchrashuvda so‘z olgan fermer va terimchilar so‘nggi besh yilda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida aholining farovonligi ortganini ta’kidlashdi.

Uchrashuv yakunida ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva barchani bo‘lajak saylovda faol ishtirok etib, mamlakat rahbarligiga eng munosib nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chorladi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    319
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+