Inson qadri uchun ovoz bering!

07.10.2021, 18:39

Inson qadri uchun ovoz bering!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDeP dan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Chinoz tumani “Eshonobod” madaniyat saroyida tuman faollari, mahalliy Kengashdagi partiya deputatlari, aholi hamda xayrixoh yoshlar vakillari bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil partiya nomzodining “Yangi O’zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” nomli saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ustuvor yo‘nalishlarni batafsil tushuntirib berdi.

Unga ko‘ra, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, fuqarolar va millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, xalqimizning ma’naviy dunyosini yanada yuksaltirish, O’zbekistonda yashayotgan, millati, tili, dinidan qat’i nazar, har bir vatandoshimizning huquq va erkinliklari, qonuniy maknfaatlarini himoya etish, kafolatli daromad manbai, tibbiy xizmatlar va uy-joy, sifatli ta’lim bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand aholini ijtimoiy muhofaza qilish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirish eng muhim va ustuvor vazifa etib belgilanganini ta’kidladi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan tuman faollari bugun yurtimizda hamma sohalarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, amalga oshirilgan insonparvar islohotlarning bari Shavkat Mirziyoyev nomi bilan chambarchas bog‘liq ekanini qayd etishdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva ishtirokchilarni bo‘lajak saylovda inson qadrini birinchi o‘ringa qo‘ygan munosib nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    858
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+