Ishonchli vakil mirobodlik saylovchilar bilan muloqot qildi

07.10.2021, 18:45

Ishonchli vakil mirobodlik saylovchilar bilan muloqot qildi

O`zLiDePdan Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili R. Kalanovning Markaziy temir yo‘llar madaniyat saroyida Mirobod tumani saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini  ishtirokchilarga aniq misollar bilan yetkazdi. Jumladan, endilikda shahar va tumanlarda iqtisodiy kompleks tarkibiga kiradigan barcha idoralarning bosh vazifasi “mahallabay” ishlash asosida kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni bartaraf etish hisoblanadi. 2026 yil yakunigacha kambag‘allikni kamida 2 barobar qisqartirish asosiy vazifalardan biridir. 2023 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushiriladi. Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlarning “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qurilishiga alohida e’tibor qaratiladi. 70 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘llari, 15 ming kilometrdan ortiq ichimlik suvi va 1 ming kilometr oqova suv tarmoqlari quriladi.

Ishonchli vakil ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi. Fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslab berdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    415
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Нодирбек2021-10-09 21:04:09

100/ кушиламан иншоллох Мирзиеев голиб буладилар.


Fikringizni qoldiring

+