Ishonchli vakil tashviqoti oltinko‘llik yoshlarning munosib nomzod tanloviga xizmat qildi

07.10.2021, 18:51

Ishonchli vakil tashviqoti oltinko‘llik yoshlarning munosib nomzod tanloviga xizmat qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatidagi ishonchli vakili O’ktamjon Axunov Oltinko‘l tumani yoshlari bilan uchrashib, tumandagi 1-son kasb-hunar maktabida saylovoldi tashviqotini olib bordi.

Uchrashuvda O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Begali Qodirov, mahalliy kengash deputatlari, targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

Ishonchli vakil tomonidan saylovoldi dasturi mohiyati ochib berildi. Albatta, yoshlarning qiziqishlari saylovoldi dasturning shu yo‘nalishdagi imtiyozlari xususida bo‘ldi.

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun milliy dasturning joriy etilishi, sifatni oshirish bilan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasiga e’tibor qaratilishi, xususiy maktablarni ko‘paytirish va Maktablarni rivojlantirish davlat dasturini joriy etilishi samarasi o‘laroq ta’lim tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratilishiga zamin bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

“Yangi O’zbekiston strategiyasini amalga oshirishda eng katta kuch salohiyatli kadrlar, bilimli va keng dunyoqarashga ega yoshlar ekan, ularning munosib, zamonaviy ta’lim olishlari, yuksak zakovatga ega bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi bejiz emas”, dedi ishonchli vakil o‘z so‘zida.

Uchrashuv yakunida oltinko‘lliklar mana shunday yetuk siyosatchi, har sohaning tashabbuskori, yurt baxtiga kamarbasta nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishlarini ta’kidladilar.

Zilola Rahmonova,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati rahbari

 

Teglar
  • Ko'rildi
    280
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+