Ishonchli vakil forishliklar bilan uchrashdi

07.10.2021, 19:09

Ishonchli vakil forishliklar bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov Forish tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.

Tuman Madaniyat markazida tashkillashtirilgan uchrashuvda ishonchli vakil bilan birga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, mahalliy Kengash deputatlari, targ‘ibot guruhi a’zolari, partiya faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Ishonchli vakil Saylovoldi dasturidagi strategik ustivor yo‘nalishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Nomzodning Saylovoldi dasturida har bir yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan strategik maqsad va vazifalar aniq ifodalab berilgan. Jumladan, 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 4 ming dollardan oshirilishi va mamlakatimizni “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kiritish, sanoat mahsulotlari hajmini 1,4 barobar va mehnat unumdorligini 2 marta oshirish uchun sharoit yaratilishi, raqamli iqtisodiyot asosiy “drayver” sohaga aylantirilib, uning hajmini kamida 2,5 barobar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish kabi ko‘plab muhim strategik vazifalar shular jumlasidan.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar o‘z mahallalari, mehnat qilayotgan sohalari, oilalari misolida so‘nggi yillarda hayotimizdan mustahkam o‘rin olgan yangiliklar, ijobiy o‘zgarishlar haqida to‘lqinlanib gapirib o‘tdilar hamda O’zLiDeP dan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    372
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+