Ishonchli vakil bektemirlik saylovchilar bilan uchrashdi

11.10.2021, 10:47

Ishonchli vakil bektemirlik saylovchilar bilan uchrashdi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanovning Bektemir tumani madaniyat markazi binosida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini  ishtirokchilarga yetkazdi. Unga ko‘ra, 2030 yilga borib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirib, daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirish, 2026 yil yakunigacha kambag‘allikni kamida 2 barobar qisqartirish beligalangan. Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida xalqimizga malakali xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi. Ushbu sohaga ajratiladigan mablag‘lar 2 barobar oshirilib, asosiy e’tibor xonadonbay tibbiy profilaktikaga qaratiladi.

Ishonchli vakil boshqa sohalar bo‘yicha ham qilinadigan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar qaytardi. Fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslab berdi.

Uchrashuv ko‘tarinki ruhda, savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    338
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+