Ishonchli vakil boshchiligidagi targ‘ibot guruhi Vobkent tumanidagi eng yirik klaster korxonasiga tashrif buyurdi

11.10.2021, 10:50

Ishonchli vakil boshchiligidagi targ‘ibot guruhi Vobkent tumanidagi  eng  yirik  klaster korxonasiga tashrif buyurdi

Ishonchli vakil boshchiligidagi targ‘ibot guruhi Vobkent tumanidagi  eng  yirik  "Ekvatorial Chodak" klaster ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi. 

Mazkur korxona faoliyati Shofirkon tumanida kichik hajmda 2009 yilda  A’zam Nortojiyev tomonidan tashkil etilgan bo‘lib,  2018 yilda Vobkent tumanida yirik hajmda ish boshladi.

Korxonada bugungi kunda 600 nafarga yaqin ishchi faoliyat olib boryapti. Bir kunda 3000-4000 ta atrofida tayyor mahsulot - jinsi shimlar ishlab chiqariladi. Korxonaning 9 oy misolida aylanma mablag‘i 40 mlrd so‘mni tashkil etadi. Ishonchli vakil korxona ishchilari bilan suhbatda bo‘lib, saylov to‘g‘risida, nomzodning saylovoldi dasturi xususida ma’lumotlar berdi. Amalga oshirilgan ishlar, islohotlar borasida fikr yuritildi. Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Emma Aslonova va Madina Baratovalar so‘zga chiqib, oilada ayolning o‘rni muhimligini, jamiyatda ayol xursand bo‘lsa, uning muammolari bartaraf etilsa, turmushda halovat bo‘lishi, farzandlar ham kamol topishini e’tirof etishdi.

Partiyaning Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi STM rahbari Nasimjon Alimov o‘tgan besh yillikda tumanda ro‘y bergan o‘zgarishlar, chekka hududlarning o‘zgacha qiyofa kasb etgani, ishlab chiqarish korxonalari sonining oshishi yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratayotgani va bu  ishlar ortida partiya nomzodining tashabbusi muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    345
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+