Ishonchli vakil vobkentlik pedagoglar, tibbiyotchilar, yoshlar bilan muloqot qildi

11.10.2021, 10:52

Ishonchli vakil vobkentlik pedagoglar, tibbiyotchilar, yoshlar bilan muloqot qildi

Ishonchli vakilning navbatdagi uchrashuvi Vobkent tumani 2-son kasb-hunar maktabida boshlandi.

Uchrashuv avvalida ishonchli vakil maktabda o‘quvchilarning tahsil olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.  Maktabda tashkil etilgan uchrashuvda tuman sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi tizimi xodimlari, maktabgacha ta’lim muassasasi vakillari va ilk marotaba saylovda ishtirok etuvchi yoshlar ishtirok etdi. 

Ishonchli vakil kirish so‘zini nomzodning tarjimai holi bilan boshlab, uning amalga oshirgan ishlariga to‘xtaldi.

Nomzodning amalga oshirgan ishlari haqida uzoq gapirish mumkin, - deydi ishonchli vakil o‘z so‘zida. Biz bu ishlarning samarasini, natijasini tinch-halovat turmushimizda, to‘kin dasturxonimizda ko‘ryapmiz. Nomzodning kelgusidagi rejalari ham aynan mana tartibda, mana shu maqsadda tizimli ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Tuman Turizm va sport bo‘limining, turizm bo‘yicha bosh mutaxassisi Rayxon Xoliqova  so‘zga chiqib, barcha sohalardagi o‘zgarishlar,  o‘qituvchi nomining ulug‘lanishi, qadri va maoshining oshishi,  majburiy mehnatga chek qo‘yilganligini bildirib, nomzodning saylovoldi dasturi ko‘pchilikda kelajakka nisbatan yangi umidlarni uyg‘otganini ta’kidladi.

2-son kasb-hunar maktabi ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Mardona Ahmedova ham so‘zga chiqib, o‘qituvchi kasbining mashaqqati, sohalarga yuksaklarga ko‘taruvchi malakali kadrlarni tarbiyalashini bildirib, bu kabi e’tirofni Shavkat Mirziyoyev tomonidan bot-bot takrorlanayotganligini faxr bilan aytib o‘tdi. Shuningdek, saylovda farzandlarining porloq kelajagi uchun ovoz berishini ta’kidladi.

2-son kasb-hunar maktabi direktori Olim Baqoyev so‘zga chiqib, nomzod tomonidan amalga oshirilgan va oshirilishi rejalashtirilgan ishlar xususida to‘xtalar ekan, eng asosiysi bu ishlar kelajakka nisbatan ishonch bilan qarashni, yosh avlodga o‘z oldiga maqsad qo‘yishni o‘rgatganini ta’kidladi va saylovda partiya  nomzodiga ovoz berishga chaqirdi.

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    532
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+