Yangidalaliklar ham partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar

11.10.2021, 10:54

Yangidalaliklar ham partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakovning Mirzacho‘l tumanidagi “Yangidala” mahalla fuqarolar yig‘ini saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari, targ‘ibot guruhi a’zolari, partiya faollari va mahalla ahli ishtirok etdi.

Ishonchli vakil dastlab yangidalaliklarni nomzodning saylovoldi dasturidagi  ustivor yo‘nalishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

So‘ngra ochiq, dildan qilingan muloqot chog‘ida barcha sohalarda amalga oshirilishi belgilangan strategik vazifalar aynan tuman va mahalla hayotiga oid misollar bilan talqin etildi.

Uchrashuv qatnashchilari O’zLiDePdan O’zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan  Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdildar.

                 O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    251
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+