Kogonlik saylovchilarga partiya nomzodining saylovoldi dasturi targ‘ib qilindi

11.10.2021, 10:57

Kogonlik saylovchilarga partiya nomzodining saylovoldi dasturi targ‘ib qilindi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyadan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Buxorodagi ishonchli vakili Samoydin Xusenov bugun Kogon tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil nomzodning o‘tgan davrda qilgan amaliy ishlari, bundan besh yil oldingi saylovoldi dasturi bo‘yicha qilingan ishlarni ham aytib o‘tdi. Plastik va naqd pul o‘rtasidagi munosabatning tartibga solinishi, majburiy mehnatga chek qo‘yilishi, valyuta masalasining qulaylashtirilishi kabilarni alohida ta’kidlab o‘tdi. O’tgan besh yillikda qishloqlar, ayniqsa chekka hududlarning "Obod mahalla" dasturi doirasida o‘zgacha qiyofa kasb etgani, yangi, zamonaviy maktablarning barpo etilishi, korrupsiyaga barham berilish kabilar xalqimizga, xususan, yoshlarga qulay imkoniyat yaratdi.

O‘zLiDePning Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi STM rahbari Nasimjon Alimov ham viloyatimizning faol tumanlaridan sanalgan Kogon tumani to‘g‘risida so‘zlab, o‘tgan besh yillikda tumanning mutlaqo o‘zgargani, yangicha  va zamonaviy ko‘rinishi kishini zavqlantirishini, bunda bevosita nomzodning tashabbusi alohida o‘rin egallashini aytib, saylovda munosib nomzodning tanlanishi kelajakni ham belgilab berishini bildirdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova ham yurtimizdagi o‘zgarishlar, sohalardagi islohotlar, ayniqsa, mas’ul rahbarlarning xonadonma-xonadon yurib, xalq orasida bo‘lib, ularning muammolarini o‘rganayotgani va o‘z o‘rnida ular bartaraf etilayotganligini ta’kidlab, saylovda partiya nomzodiga ovoz berishga chaqirdi.

"Nurafshon"  MFY faoli Azim ota Adizov ham so‘zga chiqib, nomzodning viloyatlardagi safarlari chog‘ida birinchi bo‘lib keksalar bilan suhbatda bo‘lishlari, faoliyatida nuroniylar duo va maslahatiga tayanishlari, keksalarning salomatligi, turmush tarzidan doimiy ravishda xabardor bo‘lishlari uning insoniy fazilatlaridan darak berishini ta’kidlab, keksalarni e’zozlagan yurt kam bo‘lmasligiga to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv  davomida 4-umumiy  o‘rta ta’lim maktabining Yoshlar yetakchisi Gulmira Karimova so‘zga chiqib, nomzodning e’tibor va g‘amxo‘rligi sabab ta’lim muassasalarida "Yoshlar yetakchisi" lavozimining joriy qilinganligi va bu orqali yetakchiga yoshlar bilan ishlashda har tomonlama shart-sharoitlar yaratilganligini mamnuniyat bilan aytib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda, sportchi, yosh chempion Mirshod G’ulomov  ham o‘z so‘zida sportni rivojlantirishga berilgan imkoniyatlar sabab bugun chempionlar safi kun sayin kengayotganligini faxr bilan bildirib, saylovda tengdoshlarini faol ishtirok  etishga  va munosib nomzodga ovoz berishga chaqirdi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    444
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+