Ishonchli vakil Kogon tumanida o‘qituvchilar bilan suhbatda bo‘ldi

11.10.2021, 10:58

Ishonchli vakil Kogon tumanida o‘qituvchilar bilan suhbatda bo‘ldi

Ishonchli vakil Samoydin Xusenovning navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi Kogon tumani 3-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi tizimi hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil o‘tgan davrda xalq ta’limi sohasining tubdan isloh qilinganligi sabab, o‘qituvchi bugun bayramni paxta dalasida emas, shogirdlari va hamkasblari davrasida nishonlayotganiga to‘xtalib o‘tdi. Nomzod tomonidan o‘tgan besh yillikda xalq  ta’limi tizimiga qaratilgan e’tibor, yurtimizda o‘qituvchi nomining ulug‘langani, qadrining oshishi, maktablarning zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanganligi, "Prezident maktablari"ning tashkil etilishi kabilarning bari o‘qituvchining malakasini oshirish bilan bir qatorda o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini ham yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Shuningdek, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi bu sohada yangi sahifa ochgani, xususiy va oila bog‘chalari sonining oshishi bolalarni bog‘chaga qamrab olish hajmini kengaytirishga xizmat qildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan partiyaning Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi STM rahbari Nasimjon Alimov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova so‘zga chiqib, amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, barchani partiya nomzodiga  ovoz berishga chaqirishdi.

Kogon tumanida ta’lim berib kelayotgan pedagoglar ham so‘zga chiqib, o‘z sohalaridagi islohotlarga to‘xtaldi hamda partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    325
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+