Mirzacho‘lliklar ko‘p millatli yangi O’zbekistonda erkin va farovon hayot kechirish uchun ovoz berishlarini bildirdilar

11.10.2021, 11:00

Mirzacho‘lliklar ko‘p millatli yangi O’zbekistonda erkin va farovon hayot kechirish uchun ovoz berishlarini bildirdilar

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov Mirzacho‘l tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

O’zbek – qozoq milliy madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari, targ‘ibot guruhi a’zolari, partiya faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Mirzacho‘l tumanida turli xil millat vakillari ahil inoq yashab kelmoqdalar. Jumladan, qozoq millatiga mansub vatandoshlarimiz ham Yangi O’zbekistonni bunyod etishda faol ishtirok etmoqdalar. Tumandagi har bir yangilik, har bir ijobiy o‘zagrish barcha millat vakillarini birdek quvonchga solmoqda.

Uchrashuvda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidagi  ustivor yo‘nalishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Nomzodning Saylovoldi dasturida mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va g‘oyalardan himoya qilish masalalari bundan buyon ham ustuvor tarzda diqqat markazida bo‘lishi ta’kidlangan.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar so‘nggi besh yil mobaynida  juda katta o‘zgarishlar ro‘y berganini, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi bunyodkorlik jarayonlari tufayli tuman markazi Gagarin shahri qaytadan chiroy ochganini, ko‘plab muammolar bartaraf etilganini, yuzlab ish o‘rinlari yaratilganini qayd etdilar.

Uchrashuv qatnashchilari bu bunyodkorlik va yangilanishlar jarayonining bardavomligini ta’minlaydigan O’zLiDePdan O’zbekiston Prezidentligiga  ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Saylovoldi dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

               O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    309
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+