Ishonchli vakil xalq ta’limi sohasi vakillari bilan uchrashdi

11.10.2021, 11:09

Ishonchli vakil xalq ta’limi sohasi vakillari bilan uchrashdi

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi  Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi Ishonchli vakili Rustam Xolmurodov Samarqand shahridagi “Nurafshon” san’at saroyida xalq ta’limi sohasi vakillari bilan uchrashdi.

Tadbirda Ishonchli vakil so‘zga chiqib, O’zbekistonda 2017-2021 yillarda amalga oshirilgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirdi. Ayniqsa, o‘qituvchining mavqeini oshirish, ta’lim sohasini  tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilgan ishlar alohida tahsinga sazovor ekanligini ta’kidladi.

-Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruviga kelgan 2016 yilning dastlabki kunlaridayoq, o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirishga, munosib sharoitlar yaratishga, maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratdi. O’tgan yillarga nazar soladigan bo‘lsak, biz muallimlarning ishlaydigan, yoshlarga ta’lim beradigan vaqtimizning asosiy qismi paxta dalasida o‘tar edi. Oyliklarimiz juda kam edi. Bog‘chalarimiz ahvoli abgor holatda edi. Hatto bog‘cha tarbiyachilari paxtaga jalb qilinar edi. Bugun majburiy mehnat bekor qilindi. Bolalar mehnatiga barham berildi. Oyliklarimiz yaxshilandi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil qilinib, davlat xususiy sheriklik, xususiy, hatto uy bog‘chalari ham tashkil qilindi. Shavkat Mirziyoyev barcha muammolarning yechimi bu ta’lim ekanligini juda yaxshi biladi. Shu sababli ta’limni isloh qilishni bosh mezon sifatida birinchi o‘ringa qo‘ydi, - deydi ishonchli vakil Rustam Xolmurodov.

Tadbirda Samarqand shahridagi 9- informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktab o‘qituvchisi, “Shuhrat” medali sohibi Shahnoza Rahmatova so‘zga chiqib, 28 yildan buyon o‘qituvchi bo‘lib ishlayotganligi,  oxirgi 5 yil ichida ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor, muallimlarning qadrlanishi, oylik maoshlarning  oshishidan mamnun ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan ta’lim sohasi vakillari, so‘nggi besh yilda turli sohalarda amalga oshirilgan islohotlar, bunyodkorlik ishlar ayniqsa, majburiy mehnatga chek qo‘yilishi, o‘qituvchini sinf xonasiga qaytarilishini alohida e’tirof etar ekan,  Yangi O’zbekistonni qurish, inson farovonligi, xavfsizligi, qadri, farzandlar kelajagi uchun Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishlarini bildirishdi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    344
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+