Ishonchli vakil sirdaryolik talaba yoshlar bilan muloqot qildi

11.10.2021, 11:16

Ishonchli vakil sirdaryolik talaba yoshlar bilan muloqot qildi

Yoshlar bilan muloqot hamisha bahs-munozaralarga boy, taassurotlarga to‘la bo‘ladi. O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi apparat rahbari Sh.Bozorboyeva, partiyadan ko‘rsatilgan Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili P.Axmedjanova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Komiljon Ernazarovlarning Toshkent kimyo texnologiya institutining Yangiyer filialida bo‘lgan uchrashuvlari ana shunday jo‘shqin va ko‘tariki kayfiyatda o‘tdi.

Tadbirni institut direktori Zafarjon Hakimov boshlab berar ekan, bu yilgi o‘quv yilida talabalar ham saylovoldi uchrashuvlarini kanda qilmayotgani, saylov to‘g‘risida institutda ham targ‘ibot tadbirlari olib borilayotganligini aytib o‘tdi.

Ishonchli vakil Pokiza Axmedjanova nomzodning saylovoldi dasturiga yoshlarga doir  loyihalar haqida gapirib o‘tdi.

- Oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga, asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratiladi. 2026 yilga qadar 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglar olishga erishadi. Shuningdek, davlat oliygohlari bosqichma-bosqich mehnatga haq to‘lash, xodimlar soni, to‘lov kontrakt miqdori va ta’lim shaklini mustaqil belgilaydi. Ularning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, ijtimoiy soliq stavkasi amaldagi 25 foizdan 12 foizga tushiriladi, bo‘shagan mablag‘lar ta’lim muassasalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Xususiy oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalarga ham,
7 yillik ta’lim kreditini olish tartibi joriy etiladi. Bu loyihalarning zamirida yoshlarimizning kelajakda yetuk mutaxassis, davlatning tayanchi va suyanchi bo‘lishga qodir insonlar bo‘lish niyati bor.

Toshkent kimyo texnologiya institutining Yangiyer filiali 2-kurs talabalari Dilarbo Mamarajapova, Madina Abdusamatova va Odina Zulhaydarovalar bu yil - “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da  yoshlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirishdi. Talabalar  mustaqil hayot yo‘lida uchraydigan muammo va qiyinchiliklarni birgalashib yengishayotganini hayotiy misollar bilan gapirib berishdi. Bu yilgi saylov yoshlar uchun ham o‘ziga xos bayram, tanlov va sinov ekanligi har bir talabalar tomonidan e’tirof etildi.

Tadbir davomidagi savol-javoblar tinglovchilar va so‘zlovchilar uchun ham maroqli bo‘ldi.

O'zLiDeP Sirdaryo  viloyati Kengashi

 matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    618
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+