Ishonchli vakil baliqchilik xotin-qizlar va yoshlar bilan muloqot qildi

12.10.2021, 11:02

Ishonchli vakil baliqchilik xotin-qizlar va yoshlar bilan muloqot qildi

Ishonchli vakilning baliqchilik xotin-qizlar va yoshlar bilan uchrashuvini kirish so‘zi bilan ochib bergan O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylov mamlakatimiz, xalqimiz hayotida muhim qaror ekanligini yana bir bor ta’kidladi.

Ishonchli vakil O’ktamjon Axunovning nomzod faoliyati bilan bog‘liq fikrlarini saylovchilarning o‘zlari besh yillikdagi yutuqlari aks etgan hayot va faoliyati xususidagi e’tiroflari bilan davom ettirganlari uchrashuvni qizg‘in suhbat maydoniga aylantirgani rost.

Jumladan, Zulfiyaxon Xoliqova nomzodning o‘tgan faoliyati davomida adashgan fuqarolarga amnistiya qarori bilan imkoniyat berilganligi qancha-qancha yurtdoshlarimizning xatosini tushunib, to‘g‘ri yo‘lga qaytishlariga xizmat qilganini ta’kidladi: “Oxirini o‘ylamay qilingan xato uchun ma’lum muddat ozodlikdan mahrum bo‘ldim. O’shandagi pushaymonim o‘zimga ayon. Biroq Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari amnistiya akti bilan erkinlikka chiqishimga zamin bo‘ldi. Mana, bugun oilam, farzandlarim yonidaman. Men, albatta, biz ayollarga shunday imkoniyat berayotgan, oilamizga qaytishimizga sababchi bo‘lgan nomzodga ovoz beraman!”

So‘z olganlarning barchasi nomzodning o‘tgan besh yildagi faoliyati davomida erishgan yutuqlari, marralarini e’tirof etarkan, xalqning tashvishi, muammolari yechimi bilan yashaydigan shunday fidoyi nomzodga ovoz berishlarini qat’iy qayd etdilar.

Mohidil To‘xliboyeva,

O’zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi

apparat rahbari

Teglar
  • Ko'rildi
    233
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+